Davralar oralig‘idagi transfer oynasidan unumli foydalanayotgan "Nasaf" o‘z tarkibiga yangi futbolchi - Jambuli Jigaurini qo‘shib oldi.
U shu kunga qadar Gruziya, Makedoniya, Fransiya, Qozog‘iston jamoalarida to‘p tepgan. Jaba Gruziya milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Jigauri faoliyati davomida 86 ta gol urib, 40 marotaba assist qayd etgan. 31 yoshli gruziyalik yarim himoyachi bugun qarshiliklar bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi.
"Ajdarlar" matbuot xizmati uni quyidagi video bilan tanishtirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar