15:36 / 13.07.2023
199

Lionel Messi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Foto: Getty Images

ESPN nashri tomonidan sport olamida yilning eng yaxshilarini aniqlab beradigan ESPY Awards g‘oliblari ma’lum bo‘ldi.

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi 2023-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Messi ushbu nom uchun kurashda Aitana Bonmati (“Barselona W”), Erling Holand (“Manchester Siti”) va Sofiya Smit (“Portlend W”) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Messi Jahon Chempionatidagi g‘oliblik evaziga Argentina terma jamoasi bilan birga “Eng yaxshi performans” sovriniga ham loyiq ko‘rilgan.

Messi ortda qolgan mavsumda “PSJ” safida 41 ta o‘yin o‘tkazib, 21 gol va 20 golli uzatmaga mualliflik qildi. U klub bilan Fransiya chempionati g‘olib chiqdi, Argentina terma jamoasi safida esa jahon chempioniga aylandi.

ESPY Awards talqiniga ko‘ra 2023-yilning eng yaxshilari:

  • Eng yaxshi erkak sportchi — Patrik Mahoums (“Kanzas Siti”, Amerikacha futbol)
  • Eng yaxshi ayol sportchi — Mikaela Shiffrin (snoubord)
  • Eng yaxshi jamoa — “Kanzas Siti” (Amerikacha futbol)
  • Eng yaxshi yakkakurashchi — Jon Jons (UFC)
  • Eng yaxshi avtopoygachi — Maks Ferstappen (Formula 1)
  • Eng yaxshi tennischi — Novak Jokovich.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
ePN