
"Bavariya" futbolchisi Sadio Mane faoliyatini Krishtianu Ronaldu va Jaloliddin Masharipov to‘p tepadigan "An-Nasr" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Saudiya Arabistonining "Ariadhiah" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, myunxenliklar Mane bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchi va Saudiya klubi vakillari 1-2 kun ichida muzokaralarga kirishadi va ehtimoliy transferni muhokama qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Sadio Bundesliganing 25 o‘yinida 7 gol va 5 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 