PSJ klubining joriy transferlar oynasi vaqtida to‘xtash niyati yo‘qqa o‘xshaydi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli forvard Xavi Simonsni jamoaga qaytarmoqchi. 2022 yili futbolchi PSV taklifini qabul qilgandi va o‘tgan mavsumni sensatsion tarzda o‘tkazdi, ya’ni u 48 o‘yinda 22 gol hamda 12 assist qayd etdi.
Ushbu futbolchini yana klubga qaytarish uchun Fransiya klubi 6 mln yevro sarflaydi. Bunga qadar "Barselona" ham futbolchini sotib olish uchun ishlarni olib borayotgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar