Foto: Getty Images
Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasida «Inter Mayami» Meksikaning «Krus Asul» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 54-daqiqasida Messi va Buskets Mayamidagi muxlislar olqishlari ostida zaxiradan maydonga tushdi.
Argentinalik va ispaniyalik yulduzlarning maydonga tushishi yakunda «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirdi. Lionel Messi 90+4-daqiqada jarima zarbasini golga aylantirib, debyutidayoq jamoasiga 3 ochko keltirdi.
Liga kubogi. J guruhi. 1-tur
22 iyul (shanba)
Inter Mayami AQSH – Krus Asul Meksika – 2:1
Gollar: 1:0 – Teylor (44), 1:1 – Antuna (65), 2:1 – Messi (90+4).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar