05:55 / 24.07.2023
250

Shomurodov «Kalyari» bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi

Shomurodov «Kalyari» bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi

Foto: Roma

«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov yangi mavsumni A Seriya debyutanti safida boshlaydigan bo‘ldi.

Insayder Nikola Skiraning xabar berishicha, «Kalyari» klubi o‘zbekistonlik 28 yoshli hujumchi masalasida Rim klubi bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Sardiniya oroli jamoasi Shomurodovni sotib olish huquqi bilan bir yillik ijaraga oladi va «1+3» shaklida 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Italiyalik yana bir insayder va jurnalist Janluka Di Marsio ham Shomurodovning «Kalyari»ga o‘tishini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, sardiniyaliklar Eldorni 9 million yevroga sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oladi. Jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri Shomurodovni o‘z jamoasi safida ko‘rishni istagan.

Italiyalik 71 yoshli taniqli mutaxassis yanvar oyida «Kalyari» bosh murabbiyiga aylangach, B Seriyada 14-o‘rinda borayotgan klubni yarim yil ichida peshqadamlar safiga ko‘tarib, mavsum yakunida pley-off orqali A Seriyaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq, Shomurodov Joze Mourinoning yangi mavsum uchun rejalaridan o‘rin olmagani, unga Italiyaning «Lechche» va Ispaniyaning «Jirona» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Spetsiya»da o‘tkazib, 16 o‘yinda bitta gol va 2ta assistga mualliflik qilgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov «Kalyari» bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi