08:30 / 24.07.2023
824

Mashhur murabbiy Shomurodovni asosiy figuraga aylantirishga qaror qildi!

Mashhur murabbiy Shomurodovni asosiy figuraga aylantirishga qaror qildi!

Eldor Shomurodov Italiyadagi uch yillik faoliyati davomida, nihoyat, o‘zini qadrlaydigan murabbiy qo‘l ostida o‘ynaydigan bo‘lyapti.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining “Roma”dan  A Seriya debyutanti – “Kalyari” safiga ko‘chib o‘tishi hal bo‘ldi, hisob. Oldinda tibbiy ko‘rik va shartnoma imzolash marosimi qoldi xolos.

“Kalyari” rahbariyati klub oldiga katta vazifalarni qo‘ygan. Jamoani boshqarishga Klaudio Raneri singari mashhur murabbiy taklif etilgani ham shunga bog‘liq.

Raneri bosh murabbiy sifatida Italiya, Ispaniya, Angliya, Fransiya va Gretsiya chempionatlarida 20 dan ortiq jamoani boshqargan. Oddiy jamoalardan tortib, Yevropa futbolining grandlarigacha bo‘lgan klublarda muvaffaqiyatli ish yuritgan.

Eng katta yutug‘i – 2016 yili “Lester Siti”ni Angliya Premer-ligasi chempioniga aylantirgani e’tirof etiladi.

Bundan tashqari, Ispaniyaning kamtar jamoasi – “Valensiya”ni xalqaro turnirlar g‘olibiga aylantirgan. Bu jamoa italiyalik murabbiy qo‘l ostida Ispaniya kubogi, Intertoto kubogi va UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.

71 yoshli mutaxassis “Kalyari”ni yangi mavsumdan boshlab, A Seriyada muntazam ishtirokini ta’minlash maqsadida tarkibni yuqori divizion talablariga moslashtirish kerakligini ta’kidladi va ishni shu masalani hal qilishdan boshladi.

Raneri “Kalyari” kuchli klublarga qarshi turishi uchun birinchi navbatda uchta nuqtani kuchaytiradigan bo‘ldi.

Italiyalik jurnalist Federik Malivindining yozishicha, debyutant jamoa rahbariyati himoya chizig‘iga “Atalanta”ga tegishli bo‘lgan Xose Luis Palomino, maydon markaziga SPALda o‘ynayotgan Matteo Prati va asosiy transfer nishoni – “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovni olib kelish bo‘yicha ish boshladi.

Jamoa asosiy maqsadi – Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritish masalasini uddaladi. Klaudio Raneri kelasi mavsum 4-4-2 sxemasini qo‘llamoqchi. Bu usul Eldor Shomurodovga juda mos ekani mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etilyapti.

La Gazzetta dello Sport nashri jurnalistlarining ta’kidiga ko‘ra, Klaudio Raneri 25 iyuldan keyin o‘zi tarkibning  asosiy figurasiga aylantirishni istayotgan o‘zbek hujumchisi bilan ish boshlashi kutilmoqda.

“Kalyari” mutasaddilari Shomurodov masalasini deyarli hal qilib bo‘lganidan keyin “Atalanta” himoyachisi Xose Luis Palomino transferi bo‘yicha ish boshlamoqda.

Agar bu reja ish bermasa, Klaudio Raneri zaxira variantini ham tayyorlab qo‘ygan. Unga ko‘ra, Palomino transferi barbod bo‘lgan taqdirda, “Kalyari” vakillari “Sassuolo”dan Janmarko Ferrarini olishga urinib ko‘radi.

Markaziy himoyaga uchinchi variant sifatida o‘z davrida Shvetsiya terma jamoasi sharafini muvafaqiyatli himoya qilgan Filip Xelander tanlangan. Uzoq yillar davomida “Glazgo Reynjers”da to‘p tepgan 30 yoshli shved hozir jamoasiz yuribdi. U ilgari Italiyaning “Verona” va Bolonya” kabi jamoalarida ham o‘ynagani bois, A Seriya talablarini yaxshi biladi.

Uchinchi nishon – Matteo Pratiga ham o‘rinbosarlar topib qo‘yilgan. Prati transferi o‘xshamasa, Klaudio Raneri maydonga markaziga “Benfika” yarim himoyachisi Sualio Meyteni olib kelishga tayyor. Fransiyalik 29 yoshli futbolchi o‘z davrida Italiya chempionatida “Milan” va “Torino” kabi mashhur klublar sharafini himoya qilgan.

Klaudio Raneri shakllantirayotgan yangi “Kalyari” Eldor Shomurodovning yana yuqori saviyaga ko‘tarilishida muhim bosqich bo‘lishiga umid qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, "Kalyari" A Seriyadagi debyut uchrashuvini 21 avgust kuni Turinda “Torino” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mashhur murabbiy Shomurodovni asosiy figuraga aylantirishga qaror qildi!