"Paxtakor" belaruslik posbonni o‘z safiga qo‘shib oldi

"Paxtakor" belaruslik posbonni o‘z safiga qo‘shib oldi

Pavel Pavlyuchenko "Paxtakor"ga ko‘chib o‘tdi. Belaruslik darvozabon Pavel Pavlyuchenko "sherlar"ning navbatdagi yangi futbolchisiga aylandi.

Pavlyuchenko faoliyatida Belarusning "Dnepr", "Dinamo" Brest, "Rux", Polshaning "Gurnik" va "Bruk-Bet" klublari safida o‘ynagan. Belarus milliy terma jamoasida ayni paytgacha 11 uchrashuvda maydonga tushgan. Bir martadan Belarus chempionati va Kubogida g‘olib bo‘lgan. Pavlyuchenko bilan bir yarim yillik shartnoma imzolandi. U "Paxtakor"ga bepul transfer qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar