date
views 297

Sadio Mane "Al Nassr" futbolchisiga aylandi!

Sadio Mane "Al Nassr" futbolchisiga aylandi!

"Al Nassr" klubi rasman Sadio Mane transferini e’lon qildi. Ushbu o‘tishni "Bavariya" ham tasdiqladi.

Avvalroq, "Bavariya" ushbu transferdan 28-30 mln yevro ishlab olishi ma’lum qilingandi.

Sadio Mane "Al Nassr"da yiliga 40 mln yevro maosh oladi. Mane Saudiya Arabistoni klubida Krishtianu Ronaldu, Marselo Brozovich, Aleks Telles va Seko Fofanalar bilan birga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Mane "Bavariya"da bir mavsum o‘tkazdi va 12 ta gol urib 6 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sadio Mane "Al Nassr" futbolchisiga aylandi!