date

Argentina muxlislari kuchli yomg‘ir ostida Messidan termaga qaytishni so‘radilar

Argentina muxlislari kuchli yomg‘ir ostida Messidan termaga qaytishni so‘radilar

Argentina terma jamoasining yuzlab muxlislari Buenos Ayres shahrida namoyishga chiqdilar va Lionel Messini terma jamoaga qaytarishni talab qildilar, deb yozmoqda "Fut.uz" sayti.

Garchi kuchli yomg‘ir yozib turgan bo‘lsada, muxlislar poytaxt maydonlaridan biriga yig‘ilganlar. Bu erda odatda terma jamoa g‘alabalari bayram qilinar edi. Muxlislar bayroqlar bilan chiqib, Messining sharafiga qo‘shiqlar kuylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida Amerika Kubogi finalida Chilidan penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragach, termadan ketishini ma’lum qilgan edi. O‘sha seriyada uning o‘zi ham penalti ura olmagan.

Argentina terma jamoasining yana olti nafar futbolchisi Messidan o‘rnak olgan va jamoadan ketganini e’lon qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina muxlislari kuchli yomg‘ir ostida Messidan termaga qaytishni so‘radilar