11:33 / 03.08.2023
190

“Inter Mayami” “Orlando”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi, Messidan dubl

Foto: Getty Images

Futbol bo’yicha Leagues Cup turniri 1/16 final bosqichida “Inter Mayami” 3-avgust tongida “Orlando” jamaosi bilan to‘qnash keldi.

Uchrashuv “Inter Mayami”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Lionel Messi dublni rasmiylashtirdi.

Messi va Serxio Buskets maydonda 90 daqiqani o‘tkazdi. Xordi Alba esa 63-daqiqada maydonga tushib, debyutini nishonladi.

Messi ushbu turnirning birinchi turida “Inter Mayami” safidagi debyutini nishonlagan edi va jarimadan bitta gol urgandi. Ikkinchi turda esa “Atlanta” taslim etilgan va Leo dubl qayd etgandi.

Leagues Cup — Meksika va AQSH jamoalari o‘ynaydigan klublar o‘rtasidagi turnir hisoblanadi. Ushbu musobaqa joriy yildan boshlab, KONKAKAF tasarrufida o‘tkazilmoqda. Leagues Cup’da dastlabki uchta o‘rinni egallagan klublar avtomatik ravishda KONKAKAF Chempionlar Ligasiga yo‘llanmaga ega chiqadi.


Leagues Cup

3-avgust, payshanba

“Inter Mayami” – “Orlando” 3:1

Gol: 1:0 – Messi (7), 1:1 – Arauxo (17), 2:1 – Martines (50, penalti), 3:1 – Messi (71).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Inter Mayami” “Orlando”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi, Messidan dubl