“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn faoliyatini sovrinlar uchun kurasha oladigan jamoada davom ettirmoqchi.
Angiyalik futbolchiga “Bavariya”dan yaxshi taklif bo‘lyapti. Biroq, “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levi bir yillik shartnomasi qolgan futbolchini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.
Ayni paytda “Bavariya” hujumchi uchun taklif qilinayotgan badal pulini 100 million yevrogacha ko‘tardi. London klubi xo‘jayini yana 20 million yevro qo‘shishni talab qilyapti.
“Tottenxem”dan ketishga oshiqayotgan Harri Keyn shartnomasining oxirgi yilini o‘zi sotib olishga va 24 million yevro miqdoridagi maoshidan voz kechishga qaror qildi. Hujumchi ikki tomon muzokarasining ijobiy yakunlanishiga to‘sqinlik qilayotgan summani o‘z hisobidan qoplamoqchi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar