date
views 395

“Paxtakor” va “Nasaf”ning dardi bir!

“Paxtakor” va “Nasaf”ning dardi bir!

14-tur yakunlanganidan so‘ng, chempionatimizning ikki grandi deyarli bir xil xolatga tushib qolganini ko‘rish mumkin. “Paxtakor” va “Nasaf” borasida gap ketayotganini darrov anglagan bo‘lsangiz kerak. Ikkisi ham oldiga doim katta maqsadlarni qo‘yadigan jamoa bo‘lgani bois, bu omil darrov ko‘zga tashlanadi. Xo‘sh, muammo nimada?

Qarshining “Nasaf” jamoasi kutilmaganda “Turon”dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bu “Neftchi”dan uchralgan mag‘lubiyatdan ham ko‘proq “ajdarlar” ishqibozlariga alam qilgani aniq. Bu bejizga emas. Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostida jamoa Superliganing so‘nggi 3 o‘yinida bor yo‘g‘i bir ochko jamg‘ardi, xolos. Bu oldiga chempionlikni maqsad qilib qo‘yadigan klublarga mos kelmaydigan natija.

Ayni damda, “Nasaf” peshqadam “Navbahor”dan 8 ochkoga ortda qolmoqda. Bu tafovut “ajdarlar”ning qoldirilgan o‘yini orqali 3 ochkoga qisqartirilishi mumkin, biroq raqib “Paxtakor” ekanligini ham unutmaslik lozim.

Eng qizig‘i, “sherlar”da ham “Nasaf” singari kichik "krizis" kuzatilmoqda. “Paxtakor” ikki o‘yinida ikkita alamli mag‘lub bo‘ldi. Avvaliga Samarqandning “Dinamo”sidan alamli (3:2) tarzda yengilgan bo‘lsa, kuni kecha prinsipial raqib “Neftchi"ga o‘z uyida imkoniyatni boy berdi. Qo‘shimchasiga, “super Maks” Firdavs Norsafarov tomonidan maydondan chetlatildi ham. Bu kartochka kamida uni “Navbahor” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘ladi. Bu esa ketma-ket 3-mag‘lubiyatga sabab bo‘lishi mumkin. Hozir “sherlar” g‘alabali seriya evaziga qo‘lga kiritgan ochkolariga “suyanib” turibdi. Jamoa muxlislari esa Maksim Shatskixning “katta o‘yinlarda” g‘alaba qozona olmayotganini hazm qila olmayapti. E’tiborli tomoni, OCHLda ishtirok etadigan ikki jamoa ham hozir biroz o‘yin ritmidan tushib qolgandek.

“Nasaf”da jamoa stabillikni yo‘qotgan bo‘lsa, “Paxtakor”da balans yo‘qolgan. Shatskix tarkibni hali ham to‘liq shakllantira olmadi. Boz ustiga, amalga oshirilgan ikkita transfer kampaniyasi ham umuman nishonga tekkani yo‘q. Berdiyev esa bir necha yillik tanaffusdan so‘ng, o‘zi istagan “katta futbolchilar”ni jamoaga olib kelishni qisman uddaladi. Aynan shu vaj sababli rahbariyat oldidagi asosiy "kozer qarta"sini yo‘qotdi hisob.

“Paxtakor” Arveladze davridagi oldinga tashlangan qadamlarning inersiyasida ketayotgandek taassurot qoldirmoqda. “Nasaf”da esa muammo biroz boshqacharoq. Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostida jamoa 10  yildan ortiq vaqt davomida munosib o‘yin namoyish etdi. OCHLda chorak finalga qadar yetib borgan bo‘lsa, bir nechta mahalliy kuboklarda zafar quchishni uddaladi. Shunga qaramay, mutaxassisning amalga oshirayotgan ishi ishqibozlar tomonidan Superliga oltin medallari bilan o‘lchanaveradi. Ikki mutaxassis ham ikki murakkab vaziyatga tushib qolgan.

Ular o‘rtasidagi 11-turning qoldirilgan o‘yini (15 avgust sanasida bo‘ladi) ko‘p narsalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Neftchi”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng “Paxtakor” ishqibozlari Maksim Shatskixga keskin e’tiroz bildirdi. Narigi tomonda Berdiyev Superligada g‘alaba qozona olmaslik sindromi bilan og‘rishini ta’ma qiladigan qarshilik muxlislar armiyasi tobora kengayib bormoqda. Shatskix – Berdiyev qarama qarshiligi 15 avgust sanasida ikki kursidan birini keskin qimirlatib yuborishi aniq.

Sizningcha bu mutaxassisilardan qay biri birinchi bo‘lib postini topshiradi? Yoki ikkisi ham vaziyatni o‘nglay oladimi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” va “Nasaf”ning dardi bir!