PSJ rahbariyati shartnomani uzaytirmagan Kilian Mbappeni asosiy tarkibdan chetlatib yuborgan. 24 yoshli hujumchi ayni paytda parijliklarga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilar bilan shug‘ullanmoqda.
Mbappe asosiy tarkibdan alohida, ertalabki mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti. U bilan birga Luitm Enrike tarkibga kiritmagan Leonardo Paredes va Yulian Draksler kabi mashhur o‘yinchilar shug‘ullanmoqda. Ularning bari transferga qo‘yilgan va o‘zlariga yangi jamoa izlayapti.
Sky Sports nashrining yozishicha, mashg‘ulotlar chog‘ida Kilian Mbappe o‘zi bilan shug‘ullanayotgan transferdagi futbolchilar PSJning asosiy tarkibini mag‘lub eta olishini aytib, Luis Enrike shug‘ullantirayotgan o‘yinchilar ustidan kulgan.
Bu holatning o‘zi Kilian Mbappe va klub rahbariyati o‘rtasidagi munosabatlar tuzatib bo‘lmas darajada buzilganini ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!