date

Diego Simeone Argentina terma jamoasini boshqarsa, Messi qaytishi mumkin

Diego Simeone Argentina terma jamoasini boshqarsa, Messi qaytishi mumkin

Madridning “Atletiko” klubi ustozi Diego Simeone Argentina terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda “Fut.uz” xabar bermoqda.

Argentinalik mutaxassisning shartnomasida yozilishicha, agar Argentina futbol federasiyasi unga taklif bilan chiqsa, Simeone Madrid klubini tark etishga haqli.

Xabarlarga ko‘ra, Simeone “albiseleste”ga bosh murabbiy bo‘lsa, Lionel Messi terma safiga qaytishi mumkin.

Ayni damda Argentina terma jamoasi murabbiysiz qolgan. Xerardo Martino Amerika Kubogi–2016 musobaqasidan so‘ng o‘z lavozimini tark etgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Diego Simeone Argentina terma jamoasini boshqarsa, Messi qaytishi mumkin