date
views 272

“Barsa” sardori Neymarning sirini ochib qo‘ydi

“Barsa” sardori Neymarning sirini ochib qo‘ydi

“Barselona”ga sardorlik qilayotgan tajribali himoyachi Serxi Roberto PSJ hujumchisi Neymar bilan o‘zaro suhbati haqida gapirib berdi.

- Men Neymar bilan gaplashdim. U “Barselona”ga qaytishdan xursand. Men ham uning yana klubimiz uchun o‘ynashini istayman.

Neymar – ajoyib futbolchi, noyob talant egasi. Uning kelishi bo‘yicha klub rahbariyati va bosh murabbiy ishlayapti, - dedi Serxi Roberto.

31 yoshli Neymar 2013-2017 yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan. Parij klubi braziliyalik forvard uchun kataloniyaliklarga 222 million yevro to‘lagan. Bu summa hamon transfer rekordi sifatida turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barsa” sardori Neymarning sirini ochib qo‘ydi