Farg‘onada bo‘lib o‘tgan voqea bir necha soat davomida futbol olamida keng muhokamalarga sabab bo‘lganidan xabaringiz bor. Shu bois, “So‘g‘diyona” futbolchisi bilan aloqaga chiqdik. Uning aytishicha, voqea aslida umuman boshqacha ko‘rinish olgan.
Sen uchun muqaddas bo‘lgan suvni olib qo‘yishganidan g‘azablanganing haqida aytyapsan. Seni bu qadar asabiylashishingga sabab bo‘lgan bu suv nima edi o‘zi?
- Bu men cherkovdan olib kelgan muqaddas suv. Men uchun uning ahamiyati juda katta. Asabiylashganimni sababi bu suvni ular qaerga berkitganini uzoq vaqt davomida so‘radim. Ular esa, xuddi hech narsani bilmaydigandek o‘zini tutdi. Ularga bu suvni o‘g‘irlab olish huquqini hech kim bermagan.
Sen professional futbolchisan. Bunday keskin holatlar birinchi marta karerangda sodir bo‘lgani yo‘q. Agressiv yondashganing qanchalik to‘g‘ri bo‘ldi deb hisoblaysan?
- Xa, professional futbolchiman. Doim maydonda o‘zimni shunday tutganman, ammo bu holatda o‘zimni aybdor deb hisoblamayman. Hozir, barcha meni aybdor ekanligimni tinmay takrorlamoqda. Hech kim vaziyatni yaxshilab o‘rganish yoki uni mohiyatini anglashga urinmayapti. Bolalarni birovni narsasini o‘g‘irlashga undaydigan “odamlar” aslida aybdor.
Bu hodisa futbol olamida negativ emotsiyalarga sabab bo‘ldi. Nima deb o‘ylaysan, 10 yoshli bolalarga nisbatan qilingan agressiv munosabat qanchalar to‘g‘ri?
- Men ularni urushganim yo‘q. Xahorat qilmadim. Shunchaki, suvimni topib berishlarini so‘radim. O‘sha epizodda meni jahlimni chiqargan yagona inson darvoza ortida turgan “erkak” edi. Aniq bilaman, aynan u bolalarni suvimni o‘g‘irlashga undagan.
Ana shu bolalardan biri seni farzanding bo‘lganida, bu vaziyatga ota sifatida reaktsiyang qanday bo‘lgan bo‘lar edi?
- Birinchi navbatda men bolalarimni o‘g‘irlik qilmaslikka o‘rgataman. Agar bunday qilsa, albatta qilmishi uchun jazolayman. U birovni narsasini ruhsatsiz olishi mumkin emas!
Milan o‘zbek futboli ishqibozlari seni doim hurmat qilgan. Bu mehr va e’tiborni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmaysanmi?
- Asl haqiqatni bilgan insonlar men haq ekanligimni biladi. Men hech qachon ishqibozlarga nisabatan keskin fikr bildirmaganman. Vaholanki, ularning aksariyati meni haqorat qiladi va doimo bosim o‘tkazishga urinadi. Men professional futbolchiman. Haqiqat bir kun yuzaga chiqishiga ishonaman.
Hozirgi holatdan kelib chiqib, muxlislarga nima degan bo‘lar eding?
- Ko‘rib turganingizdek, bu mening aybim emas. Men uchun muqaddas suv tom ma’noda muqaddas. Bu suvni mendan o‘g‘irlab olish ilinjida bolalardan foydalanganlar abadiy futboldan chetlatilishi lozim.
Mayli, bo‘lar ish bo‘ldi. Balki, o‘sha epizod uchun bolakaylar bilan suhbatlashish, o‘rni bo‘lsa uzr so‘rash kerakdir?! Bu fikrimga munosabatingiz qanday?
- Men bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lganim yo‘q. Shunchaki, ulardan suvimni berishlarini talab qildim. Men hech kimni oldida uzr so‘ramoqchi emasman. Bolalarni birovni narsasini o‘g‘irlashga undagan shaxs kechirim so‘rasin. Mendan emas, haqiqatni bilmay turib menga tahdid qilayotgan boshqa insonlar oldida aybini tan olsin.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev suhbatlashdi
Milan Mitrovich, So‘g‘diyona, Farg‘ona, Muqaddas suv “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring