“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi jamoasidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Portugaliyalik yulduz jamoasi Arab chempionlari kubogi finalida “Al-Hilol” bilan kuch sinashdi.
Ronalduning dubli “An-nasr”ga kutilgan sovrinni keltirdi. Biroq, final qahramoni chap tizzasidan jarohat oldi. Krishtianu maydonni mustaqil tark eta olmadi. Tibbiyot xodimlari uni olib chiqib ketayotganida futbolchi ko‘z yoshlarini yashira olmadi.
“An-Nasr” o‘z tarixida ilk bor Arab chempionlari kubogi sohibiga aylandi. Bunda Ronalduning xizmatlari katta bo‘ldi.
FINAL
"Al Hilol" - "Al Nassr" 1:2
Gollar: Michel 51 - Ronaldu 74, Ronaldu 98.
"Al Hilol": Al Ovays, Abdulhamid, Kulibali (Jafali, 83), Al Bulayhi, Al Shahroni (A Burayk, 83), Kanno, Nevesh, Maykl (Al Hamdan, 91), Al Dosari, Milinkovich-Savich, Malkom.
"Al Nassr": All Akidi, Al Gannam, Lajami (Al Fatil, 80), Al Amri, Aleks Telles, Al Haybari (Konan, 80), Marselo Brozovich, Seko Fofana, Taliska (G‘arib, 91), Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu.
Chetlatish: Al-Amri (71).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!