date
views 282

Sergey Arslanov: "Ushbu g‘alabani vafot etgan muxlisimiz Ilyos Anvarovga bag‘ishlaymiz"

Sergey Arslanov: "Ushbu g‘alabani vafot etgan muxlisimiz Ilyos Anvarovga bag‘ishlaymiz"

"Surxon" hamda "Turon" o‘rtasidagi Superliganing 16-tur uchrashuvidan (1:0) so‘ng, mezbon jamoa ustozi Sergey Arslanov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalstlar savollariga javob berdi.

Sergey Arslanov: "Biz uchun har bir ochko havodek muhim. Bugungi bahsda futbol estetikasi haqida gapirish qiyin. Yigitlarga rahmat aytaman. Ushbu g‘alabani vafot etgan muxlisimiz Ilyos Anvarovga bag‘ishlaymiz".

- Doston Tursunov Shotlandiya klubida ko‘rikda edi. Bugun esa u maydonga tushdi...

- Dostonning texnikasi kuchli, futbol intellekti baland. Agentlar buni payqashdi. Ayni damda o‘zbek futbolchilariga bo‘lgan talab ancha oshgan. Bu milliy futbolimiz, Superligamiz o‘sayotganidan dalolat beradi. Ha, Tursunov borib keldi, u murabbiyga yoqdi. Kelasi yil uni Yevropada ko‘ramiz deb umid qilamiz.

- Tanaffusdan so‘ng "Turon" "portlovchi" o‘yin namoyish etib, himoyaga katta bosim o‘tkazdi. "Surxon" bunga tayyormidi?

- Ha, tayyor edik, chunki "Turon" hisobda ortda qolayotgani uchun katta kuch bilan hujumga o‘tishini bilardik. Raqibga ko‘p zonani topshirganimiz yagona muammo bo‘ldi, biroq to‘p uchun havodagi kurashlarda yigitlar yaxshi harakat qilishdi.

- Darvozabonimiz Artyom Potapov "quruq" o‘yinlar soni bo‘yicha Superligada 2-o‘rinni egallab turibdi. Bu uning mahoratimi, himoya qo‘rg‘onining kuchimi yoki ikkilasi birgalikda?

- Futbol jamoaviy sport turi. U soatga o‘xshaydi. Soatning biror qismi bo‘lmasa, u ishlamaydi. futbolda ham shunday. Ha, Potapov o‘zini haqiqiy professionallardek tutyapti. Borini berib ishlayapti. Lekin shu o‘rinda jamoaga ham rahmat aytish kerak. Yigitlarning bari birgalikda harakat qilishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Arslanov: "Ushbu g‘alabani vafot etgan muxlisimiz Ilyos Anvarovga bag‘ishlaymiz"