Lionel Messi qamaladimi?

Lionel Messi qamaladimi?
Lionel Messi qamaladimi?

Lionel Messiga "Barselona" hujumchisi sifatida daromadining umumiy hisobidan 4 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganligi uchun ispan sudi tomonidan 21 oyga ozodlikdan mahrum qilish qarori chiqarildi. Shuningdek futbolchining otasi Xorxe Messiga ham xuddi shunday qamoq jazosi tayinlandi, deb xabar beradi CNBC.

Tahmin qilinishicha, ispan qonunlarida ikki yildan kam bo‘lgan qamoq jazosi shartli hisoblanadi va shu sababli Messi va uning otasi ozodlikda qoladilar. Bundan tashqari, mazkur chiqarilgan qaror Ispaniya Oliy sudi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi ham mumkin. Sud qaroriga ko‘ra Messi ikki million yevro miqdorida jarimaga tortilgan, otasi esa bir yarim million yevro to‘lashi lozim.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar