date

“Manchester Siti” “Sevilya”ni mag‘lub etib, UEFA Superkubogiga ega chiqdi

“Manchester Siti” “Sevilya”ni mag‘lub etib, UEFA Superkubogiga ega chiqdi

Futbol bo‘yicha UEFA Superkubogida “Manchester Siti” va “Sevilya” jamoalari 16-avgust, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Gretsiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinning 25-daqiqasida Yussuf en-Nesiri hisobni ochdi. 63-daqiqada esa Koul Kalmer muvozanat tikladi.

Uchrashuvning asosiy bo‘limlari durang natija bilan yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penaltilarda esa “shaharliklar” 5:4 hisobida zafar quchib, UEFA Superkubogi sohibiga aylandi.


UEFA Superkubogi

16 avgust, chorshanba

“Manchester Siti” Angliya – “Sevilya” Ispaniya 1:1 (5:4)

Golkar: 0:1 – 25 En-Nesiri, 1:1 – 63 Palmer.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake, Akanji, Gvardiol, Kovachich, Rodri, Foden, Grilish, Palmer (Alvares, 85), Holand.

“Sevilya”: Bunu, Navas (Montel, 83), Bade, Gudel, Akunya, Rakitich, Lamela (Suso, 90), Okampos, Oliver Torres (Xuanlu Sanches, 74), Jordan, En-Nesiri (Rafa Mir, 90).

Ogohlantirishlar: Bade (33), Lamela (61), Xuanlu Sanches (90).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” “Sevilya”ni mag‘lub etib, UEFA Superkubogiga ega chiqdi