date

Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Iordaniyalik karikaturachi animator Umar Momani ijod qilishda davom etadi. Bu safar u Evro-2016 va uning atrofidagi boshqa mavzularga e’tiborini qaratdi. Ularni e’tiboringizga havola qilamiz.

1. Pep Gvardiola va musiqa
Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Joze Mourino "Manchester Yunayted"dagi ishi bilan ovora bo‘lib turgan paytdan foydalangan Gvardiola "Manchester Siti" muxlisi va "Oazis" guruhi gitarachisi Nobel Gallager bilan uchrashdi.

2. "Milan" kerakmi, olaveringlar!

Silvio Berluskoni Italiyaning "Milan" jamoasini xitoylik sarmoyadorlarga sotib yuborishini tasdiqladi.

3. Yarim finalgacha-1

Evro-2016da sensasiya qilgan debyutant jamoa Uels termasi kuchli tarkibga ega Belgiyani 3:1 hisobida taslim etib, yarim finalga yo‘l oldi.

4. Yarim finalgacha-2

Germaniya terma jamoasi Evro-2016 chorak finalida Italiya ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi...

5. Yarim finalgacha-3

Yarim finalda esa nemislarni musobaqa mezbonlari kutib turardi. Fransiya yana bir debyutant jamoa Islandiya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

6. Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Portugaliya terma jamoasi Uelsni mag‘lub etib, finalga chiqdi. Endi Ronaldu finalda o‘ynaydi, Messi esa soliq bilan bog‘liq muammolar tufayli qamoqqa ravona bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda