date
views 598

Bekxem Messining harakatlaridan hayratda!

Bekxem Messining harakatlaridan hayratda!

“Inter Mayami” klubi xo‘jayinlaridan biri Devid Bekxem argentinalik yulduz Lionel Messining imkoniyatlariga baho berdi.

- Lionel Messi o‘z nomini Argentina, Ispaniya va Fransiya tarixiga muhrlab qo‘ygan va endi bizning jamoamizni finalga yetaklayapti.

Agar kimdir zaif jamoani qisqa muddatda yengilmas jamoaga aylantira olsa, bu faqat Messi bo‘ladi, - dedi Devid Bekxem.

Lionel Messi Ligalar kubogi musobaqasida oltita uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga to‘qqizta gol va bitta golli pas yozdirib qo‘ydi. “Inter Mayami” bugungi kunga kelib, bosh sovringa asosiy da’vogar sifatida qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bekxem Messining harakatlaridan hayratda!