date
views 292

“An-Nassr” o‘z maydonida “At-Tavun”ga mag‘lub bo‘ldi

“An-Nassr” o‘z maydonida “At-Tavun”ga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 2-turida “An-Nassr” 18 avgust, juma kuni “At-Tavun” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv “At-Tavun”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlar safida Tavamba va Bahusaynlar gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa “An-Nassr” chempionatning 2-turida ham mag‘lubiyatga uchradi. Ar-Riyod jamoasi 1-turda “Al-Ittifoq”qa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.


Saudiya Professional Ligasi

2-tur bahsi

18 avgust, juma

“An-Nassr” – “At-Tavun” 0:2

Gollar: 0:1 – 20 Tavamba, 0:2 – 90 Bahusayn.

“An-Nassr”: Abdulla, Al-Ganam, Al-Avjami (Al-Fatil, 45), Al-Amri, Konan, Brozovich, Taliska, Fofana (Al-Sulayhim, 76), Al-Haybari (Garib, 34), Mane, Ronaldu.

“At-Tavun”: Mailson, Kadesh, Jirotto, Al-Ahmad, Muath (Yaslam Balobaid, 73), Medran (Al-Nasser, 73), El-Mahdiui, Flavio (Bahusayn, 88), Abdulmalik (Al-Ghamdi, 62), Tavamba (Al Roqi, 87), Mateus.

Ogohlantirishlar: Al-Haybari (22), Abdulmalik (45), Taliska (53), Al-Ahmad (61).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “An-Nassr” o‘z maydonida “At-Tavun”ga mag‘lub bo‘ldi