06:53 / 19.08.2023
206

Bundesliga. “Bavariya” yangi mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi

Bundesliga. “Bavariya” yangi mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 1-turida “Bavariya” 18 avgust, juma kuni “Verder”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq hisob ochildi. Harri Keynning uzatmasini Leroy Sane golga aylantirdi. Birinchi bo‘lim myunxenliklarning kichik ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham mehmonlar xavfli hujumlarni davom ettirdi. 74-daqiqada Keyn chempionatdagi debyut golini urdi. O‘yin yakunida esa Myunxen klubi yana ikkita golni raqib darvozasiga joyladi. Bu safar Sane dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, yana bir gol Matis Tel nomiga yozildi.

Shu tariqa “Bavariya” chempionatni yirik g‘alaba bilan boshladi.


Bundesliga

1-tur bahsi

18 avgust, juma

“Verder” – “Bavariya” 0:4

Gollar: 0:1 – 4 Sane, 0:2 – 74 Keyn, 0:3 – 90 Sane, 0:4 – 90 Tel.

“Verder”: Pavlenka, Vayzer (Berk, 59), Velkovich, Fridl, Piper, Yung (Opis, 79), Bitenkur (Shmid, 68), Linen (Gross, 68), Stage (Kovnaski, 79), Fyullkrug, Duksh.

“Bavariya”: Ulrayx, Mazraui, Upamekano, Kim Min Chje (de Ligt, 68), Devis, Goretska (Laymer, 79), Kimmix, Koman (Shupo-Moting, 84), Sane, Musiala (Myuller, 84), Keyn (Tel, 84).

Ogohlantirishlar: Duksh (20), Kim Min Chje (55), Linen (56).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bundesliga. “Bavariya” yangi mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi