17:25 / 20.08.2023
293

Messi jahon futbolida hech kim erishmagan natijani qayd etdi

Messi jahon futbolida hech kim erishmagan natijani qayd etdi

“Inter Mayami” AQSH va Meksika jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan Ligalar kubogi finalida “Neshvill” futbolchilarini mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibiga aylandi.

Hal qiluvchi bellashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobida durang qayd etildi. Uchrashuvning asosiy yulduzi Lionel Messi jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Argentinalik yulduz penaltilar seriyasida ham nuqtadan aniq zarba berib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Lionel Messi faoliyatidagi 44-sovriniga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Leo jahon rekordini o‘rnatdi.

Ta’kidlash joizki, 36 yoshli futbolchi o‘zi ishtirok etgan deyarli barcha turnirlarda g‘olib chiqqan. Messiga faqatgina Fransiya kubogini qo‘lga kiritish nasib qilmagan xolos.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi jahon futbolida hech kim erishmagan natijani qayd etdi