Messi amerikaliklarga gol urish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi

Messi amerikaliklarga gol urish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi

Inter Mayami” safiga ko‘chib o‘tgan Lionel Messining ummonortidagi faoliyati favqulodda muvaffaqiyatli boshlandi.

Argentinalik yulduz AQSH va Meksika jamoalari ishtirokidagi Ligalar kubogida g‘olib chiqdi. Messi o‘zi ishtirok etgan barcha uchrashuvlarda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, amerikaliklarga haqiqiy to‘purar qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi.

Lionel Messi musobaqada yettita uchrashuvda o‘z hisobiga o‘nta gol, bitta assist rasmiylashtirdi va yuqori samaradorlik qayd etdi.

Shu tariqa, amaldagi jahon chempioni Ligalar kubogi musobaqasining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar