Yevropa futbolini tark etib, “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan Lionel Messi AQSHda qanday qiyinchiliklarga duch kelganini aytib berdi.
- Boshida bu yerning issig‘i va shu kabi omillarga moslashish ancha qiyin kechdi. Lekin hozir ko‘nikib qoldim va o‘zimni qulay his qilyapman. Hozir kelganimdan baxtiyorman.
Bu yerga kelish oilaviy qarorimiz edi. Rafiqam va farzandlarim ham shuni istagandi. Bizga shahar yoqdi va muxlislar munosabatidan mamnunmiz. Ilk kunlardan ular bizni mehr-muhabbat bilan kutib oldi va moslashishimizni ancha yengillashtirdi, - dedi Lionel Messi.
Messi “Barselona”da uzoq muddat o‘ynaganidan keyin PSJga ko‘chib o‘tgandi. O‘shanda argentinalik yulduz yangi muhitga moslashishga ancha qiynalgan va o‘yinida sezilarli darajada pasayish kuzatilgan edi.
“Inter Mayami”da unday bo‘lmadi. Leo yangi jamoasida yettita uchrashuvda o‘nta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!