14:33 / 21.08.2023
245

O‘zFHM "Bunyodkor"ning "Turon" darvozasiga kiritgan goli borasida rasmiy bayonot berdi

O‘zFHM "Bunyodkor"ning "Turon" darvozasiga kiritgan goli borasida rasmiy bayonot berdi

Avvalroq xabar berganimizdek, O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Bunyodkor” uchrashuvidagi 1-golda yuzaga kelgan bahsli vaziyat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, uchrashuvning 5-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” yarimhimoyachisi Farhod O‘tkirov tomonidan urilgan golda o‘yindan tashqari holat bo‘lgani qayd etildi.

Mazkur holat O‘FA hakamlar qo‘mitasi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi. Yuqorida keltirilgan videoma’lumotlar qo‘mita vakillariga ilova qilindi. Unga ko‘ra, ushbu vaziyat VAR hakamlari tomonidan ko‘rib chiqilgan, biroq ofsaydni qayd etish uchun yetarlicha tasvirlar va dalillar bo‘lmagani sababli, VAR protokoli bo‘yicha ular golni inobatga olishga majbur bo‘lgani oydinlashdi. VAR hakamlari faqatgina MTRK uzatgan kadrlardan foydalana olishini, “Mycujoo” tomonidan suratga olingan tasvirlar esa ularga taqdim qilinmasligini (texnik tomondan buning iloji yo‘q) inobatga olsak, bu vaziyatda VAR vakillari ojiz qolgan. Vaholanki, “Mycujoo”ning tasvirida ofsaydni ilg‘ab olish qiyinchilik tug‘dirmas edi. Shu tariqa, ushbu dalillardan kelib chiqqan holda, hakamlar qo‘mitasi vakillari VAR hakamlarini aybsiz deb topdi.

Shuningdek, o‘yinning bu vaziyatida nazoratni qo‘ldan chiqargani va o‘yindan tashqari holatni qayd etmagani sababli, uchrashuv yordamchi hakami Feruz Dostonov aybdor deb topildi va qo‘mita unga nisbatan Superliga bahslaridan 4 ta o‘yinga chetlatish va quyi ligaga tushirish jazosini qo‘lladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zFHM "Bunyodkor"ning "Turon" darvozasiga kiritgan goli borasida rasmiy bayonot berdi