15:05 / 21.08.2023
331

U Maradonani ham, Peleni ham ortda qoldirdi!

U Maradonani ham, Peleni ham ortda qoldirdi!

Kecha "Inter Mayami" MLS Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa sardori Lionel Messi uchun bu professional faoliyatidagi 44-sovrin bo‘ldi va u braziliyalik sobiq jamoadoshi Dani Alvesni ortda qoldirib, tarixdagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylandi. Mashhur futbol agenti Dmitriy Selyuk ushbu voqeaga izoh berdi.

“Messining MLSga kelishi unga qiziqishni oshirdi. U barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Leo Peleni ham, Maradonani ham mag‘lub etdi. U unvon va sovrinlar yig‘ayotganidan xursandman.

Bekxem "Barselona"ning sobiq futbolchilarini "Inter Mayami"ga taklif qildi va ular hamma jabhada g‘alaba qozonishdi. Shunday futbolchilar kelishi tufayli AQSHda futbolga qiziqish ortadi. Mamlakatda ko‘pchilik sportni yaxshi ko‘radi. Bunday futbolchilarning transferlari MLSga katta turtki beradi.

Argentinalik futbolchiga kelsak, shuni qo‘shimcha qilamanki, Messi qayerga kelmasin, barcha jamoalar undan daromad olishadi, xuddi u kabi. "Inter"ga o‘tish - bu Bekxemning omadli yurishi bo‘ldi, u yaxshi ish qildi", - dedi Selyuk.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U Maradonani ham, Peleni ham ortda qoldirdi!