01:10 / 26.08.2023
377

“An-Nassr” safarda raqibini tor-mor etdi, Krishtianu Ronaldudan het-trik

“An-Nassr” safarda raqibini tor-mor etdi, Krishtianu Ronaldudan het-trik

Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 3-turida “An-Nassr” 25 avgust, juma kuni “Al-Fotih” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Krishtianu Ronalduning ajoyib uzatmasini Sadio Mane golga aylantirdi. 38-daqiqada Krish bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda ham Ar-Riyod jamoasi yana 2 ta gol urdi. 55-daqiqada Ronaldu dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, 81-daqiqada Mane ham o‘z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo‘ydi. 90+6-daqiqada esa portugaliyalik futbolchi het-trik muallifiga aylandi.

Shu tariqa “An-Nassr” g‘alabani rasmiylashtirdi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Dastlabki ikki turda jamoa mag‘lubiyatga uchragan edi.


Saudiya Professional Ligasi

3-tur bahsi

25 avgust, juma

“Al-Fotih” – “An-Nassr” 0:5

Gollar: 0:1 – 27 Mane, 0:2 – 38 Ronaldu, 0:3 – 55 Ronaldu, 0:4 – 81 Mane, 0:5 — 90+6 Ronaldu.

“Al-Fotih”: Rinne, Al-Zubaydi (Baattia, 46), Denayer (Al-Harbi, 46), Al-Avjami, Al-Yusif, Petros (Alhassan, 60), Selarayan, Telo, Bendebka (Al-Fuxaid, 60), Batna (Al Masoud, 85), Al-Breykan.

“An-Nassr”: Al-Akidi, Al-Ganam (Bushal, 86), Laport, Al-Fatil, Konan, Brozovich (Al-Naji, 75), Otavio, Al-Haybari, Mane (Yahyo, 86), Garib (Al-Gannam, 86), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Brozovich (52), Alhassan (63).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “An-Nassr” safarda raqibini tor-mor etdi, Krishtianu Ronaldudan het-trik