06:00 / 26.08.2023
119

La Liga. “Real” Jud Bellinghemning goli evaziga “Selta”ni mag‘lub etdi

La Liga. “Real” Jud Bellinghemning goli evaziga “Selta”ni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 3-turida “Real” 25-avgust, juma kuni “Selta”ga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa faollikni oshirgan madridliklar hisobni ochdi. 81-daqiqada Jud Bellinghem o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va “qaymoqranglilar”ga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa Karlo Anchelotti shogirdlari uch o‘yinda uch g‘alaba bilan ochkolari sonini 9 taga yetkazib oldi. Jud Bellinghem esa ketma-ket uchinchi o‘yinda ham gol urdi.


La Liga

3-tur bahsi

25-avgust, juma

“Selta” – “Real” 0:1

Gol: 0:1 – 81 Bellinghem.

“Selta”: Vilyar, Mingesa, Starfelt, Nunyes, Aydu, Servi (Sanches, 45), De La Torre (Rodriges, 81), Beltran, Bamba, Aspas, Larsen (Tapiya, 77).

“Real Madrid”: Arrisabalaga, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Fran Garsiya (Nacho, 80), Valverde, Kamavinga (Kroos, 62), Tchuameni (Modrich, 62), Bellinghem, Vinisius Junior (Xoselu, 18), Rodrigo.

Ogohlantirishlar: Aspas (67), Kroos (71), Ryudiger (90+3), Tapia (90+4), Nacho (90+6).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. “Real” Jud Bellinghemning goli evaziga “Selta”ni mag‘lub etdi