05:57 / 27.08.2023
160

A Seriya. “Milan” Turin klubi ustidan g‘alaba qozondi, “Roma” safarda mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. “Milan” Turin klubi ustidan g‘alaba qozondi, “Roma” safarda mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 26-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Milan” o‘z maydonida “Torino”ni qabul qildi va 4:1 hisobida zafar quchdi. Milanliklar tarkibida Kristian Pulishich va Teo Ernandes bittadan gol urgan bo‘lsa, Olivye Jiru dublni rasmiylashtirdi. Turin klubi safida esa Pyer Sxyurs o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

“Roma” safarda “Verona” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Ondrey Duda mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Kiril Ngonj “Verona”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 56-daqiqada Ussem Auar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Joze Mourinyo jamoasi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.


A Seriya

2-tur bahslari

26-avgust, shanba

“Milan” – “Torino” 4:1

Gollar: 1:0 – 33 Pulishich, 1:1 – 36 Sxyurs, 2:1 – 43 Jiru (penalti), 3:1 – 45 Ernandes, 4:1 – 65 Jiru (penalti).

“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav (Kyer, 79), Ernandes (Florensi, 87), Krunich, Loftus-Chik (Musa, 66), Reynders, Pulishich, Rafael Leau (Okafor, 66), Jiru (Chukvueze, 66).

“Torino”: Milinkovich-Savich, Bellanova (Lazaro, 59), Rodriges, Sxyurs, Buonjorno, Voyvoda, Vlashich, Radonich (Karamo, 59), Ilich (Linetti, 46), Richchi, Sanabriya (Pellegri, 22).

Ogohlantirishlar: Ilich (11), Ernandes (39), Yurich (50), Milinkovich-Savich (57), Tiav (70), Linetti (89).

“Verona” – “Roma” 2:1

Gollar: 1:0 – 4 Duda, 2:0 – 45 Ngonj, 2:1 – 56 Auar.

“Verona”: Montipo, Davidovich, Manyani, Xin, Doyg, Terrachchano (Faraoni, 63), Duda (Bonassoli, 71), Ongla, Folorunsho (Saponara, 88), Ngonj (Serdar, 63), Jurich (Jordi Mboula, 88).

“Roma”: Ruy Patrisiu, Kristensen (Spinassola, 46), Smolling, Lyorente (ash-Shaaravi, 46), Manchini, Zalevski (Karsdorp, 51), Paredes (Auar, 46), Kristante, Pellegrini, Dibala (Solbakken, 68), Belotti.

Ogohlantirishlar: Dibala (13), Auar (62), Davidovich (64), Pellegrini (68).

Chetlatish: Xin (84).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. “Milan” Turin klubi ustidan g‘alaba qozondi, “Roma” safarda mag‘lub bo‘ldi