18:41 / 27.08.2023
216

Tez orada e’lon qilinadigan transferlar

Tez orada e’lon qilinadigan transferlar

Transferlar oynasining so‘nggi haftalariga etib keldik. Chempionatlar ham boshlangan va murabbiylar tarkibidagi kamchiliklarni bilib olmoqda. Shunday ekan bizni oldinda katta transferlar kutib turgani aniq. Ayrim jamoalar xaridlarni deyarli hal qilib qo‘ydi. Shunchaki endi uni e’lon qilish qolgan.

Florian Balogun

"Arsenal" akademiyasidan chiqqan hujumchi o‘tgan mavsum ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun "Reyms" klubiga ijaraga berildi. 22 yoshli straykerga Frantsiya chempionati yoqqan shekilli, ketma-ket gollar urishni boshladi. Yakuniga etgan mavsumda Balogun raqiblar darvozasiga 22 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natijaga "kanonirlar"ning hech qaysi futbolchisi erisha olgani yo‘q. Buni bilgan Florian Artetadan asosiy tarkibda o‘ynamoqchiligini aytdi va rad javobini oldi. Shundan so‘ng hujumchi uchun bir qator klublardan takliflar keldi. "Inter", "Milan" va "Vest Xem" kabi jamoalar unga qiziqish bildirdi, lekin londonliklar bu transferdan kamida 45 million funt ishlab olmoqchi edi. Yoz oxirlab qolganidan keyin klub narxni tushirdi va "Monako" bilan 40 million evrolik kelishuvga erishdi. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan ham o‘tib bo‘lgan.

Muhammad Qudus 

Top klublar e’tiboriga tushgan va anchadan beri "Ayaks"dan ketishga harakat qilayotgan Qudus faoliyatini APLda davom ettiradigan bo‘ldi. Uni "Vest Xem" o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqda. Transfer "bolg‘achilar"ga 45 million evroga tushdi. Yarim himoyachi bilan esa 5 yillik shartnoma imzoalanadi. Unga "Chelsi" ham qiziqish bildirdi, lekin rasmiy taklif bilan chiqmadi. Undan ko‘ra Moysez Kasyedoga e’tibor qaratildi. Qudus tez orada tibbiy ko‘ridkan o‘tish uchun Londonga yo‘l olishi kutilmoqda. "Vest Xem" ushbu yozda yaxshi transferlarni amalga oshirmoqda. Edson Alvares, Konstantinos Mavropans, Jeysm Uord-Prouz kabi futbolchilar jamoga kelib qo‘shildi.

Kiran Tirni

"Arsenal" katta transferlarni amalga oshirganidan keyin tarkibdagi ba’zi futbolchilarga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Ular orasida shotlandiyalik himoyachi ham bor. Tirni "Real Soseydad"ga sotib olish shartisiz ijaraga o‘tmoqda. Rahbariyat uni sotishi ham mumkin edi, lekin aytarli taklif tushmagani sabab ijaraga berishga qaror qildi. Kiran 2019 yili 27 million evro evaziga "Seltik"dan kelgan.

Beto

APL startida ketma-ket mag‘lubiyatlarni qabul qilib olayotgan "Everton" yangi hujumchi sotib olishga qaror qildi. Bu qaror Kalvert-Lyun jarohat olib, ancha vaqtga safdan chiqqanidan keyin qabul qilindi. "Udineze" a’zosi Beto o‘tgan yozda Italiya klubiga o‘tgan. U jamoasi safida 34 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu transfer mersisaydliklarga 30 million evroga tushmoqda. "Udineze" Betoning Angliyaga yo‘l olishiga ruxsat bergan va futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Karlos Baleba

Kaysedo "Brayton"ni tark etganidan keyin jamoa uning o‘rniga yari himoyachi izladi va "Lill"dan Balebani o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. Angliya klubi yosh iste’dod uchun 27+3 million evro to‘laydigan bo‘ldi. 19 yoshli xavbek o‘tgan mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta assist amalga oshirgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tez orada e’lon qilinadigan transferlar