20:21 / 27.08.2023
247

Superliga. “Buxoro” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Buxoro” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turida “Buxoro” 27 avgust, yakshanba kuni “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Asilbek Qayumov buxoroliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada esa Milan Marchich muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham xavfli vaziyatlar bo‘lishiga qaramasdan asosiy bo‘lim yakuniga qadar gol urilmadi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Shohruz Norxonov “Buxoro”ning g‘alaba goliga mualliflik qildi.

“Buxoro” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 14 taga yetkazib, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bunyodkor” esa 23 ochko bilan 8-pog‘onada joylashgan.


Superliga

18-tur

27 avgust, yakshanba

“Bunyodkor” – “Buxoro” 1:2

Gollar: 0:1 — 21 Asilbek Qayumov, 1:1 — 36 Milan Marchich, 1:2 — 90+7 Shohruz Norxonov.

“Bunyodkor”: 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Aleksey Nosko (19. Bilol Tupliyev, 75), 3. Mahmudjon Mahamadjonov, 4. Davronjon Ergashev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev (34. Suhrob Izzatov, 14), 8. Shohruhbek Abdurahmonov, 15. Jasurbek Hakimov (14. Ahmadjon Anvarov, 75), 22. Usmonali Ismonaliyev, 30. Velington Taira, 45. Farhod O‘tkirov (99. Umidbek Sultonov, 61), 77. Milan Marchich (7. Akbarjon Ismatullayev, 75).

“Buxoro”: 50. Luka Kukich, 2. Izzatillo Po‘latov, 7. Muhammadjon Rahimov (4. Mirjalol Jumayev, 90+1), 9. Jasur Xolto‘rayev (11. Shohruz Norxonov, 46), 10. Humoyunmirzo Iminov (70. Aleksandar Stanisavlevich, 55), 15. Diyorbek Ortiqboyev, 17. Jamoliddin Ubaydulloyev, 77. Asilbek Qayumov (91. Asiljon Begimqulov, 55), 80. Farruhjon Ibrohimov, 94. Frane Ikich, 99. Javohir Ro‘ziyev.

Ogohlantirish: Frane Ikich (7).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Buxoro” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi