08:53 / 28.08.2023
206

Aleksandr Krestinin: "Jamoa bir oyda qurilmaydi"

Aleksandr Krestinin: "Jamoa bir oyda qurilmaydi"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Raqib jamoani tabriklayman. Ular bizdan ko'ra g'alabani ko'proq istashdi. SHu sabab ham ularning g'alabasi adolatli bo'ldi.

- "Buxoro" bugun qaysidir manoda "avtobus qo'ydi". "Bunyodkor"ning tezkor futbolchilarga bo'sh zonalar qoldirilmadi. Jamoa mashg'ulotlar jarayonida bunga tayyorlanganmidi?

- Yo'q, gap bunda emas. Bugun biz shunchaki o'z daradamizdan pastroq o'ynadik. Hafta davomida jamoa o'yinga ajoyib tayyorgarlik ko'rgandi. Gap avtobus yoki boshqa narsada emas. Biz hamma o'yinda raqiba maydonida ko'nroq harakat qilamiz.

- Balki, jarohatlanganlar faktori o'yinga natijasiga tasir qilgandir?

- Har bir futbolchi biz uchun muhim. Jamoamiz 11 kimidan iborat emas. Bir futbolchi yo'q bo'lsa, boshqa o'yinchi uning vazifasini bajarishi kerak. Qaytaraman, bugun biz o'z darajamizdan payt o'yin ko'rsatdik. O'yinchilarim istalgan vazifani bajarishlari mumkin, agarda buni o'zlari istasalar, albatta.

- "Bunyodkor"ga kelganingizga ham malum muddat bo'ldi. Siz kelgandagi va hozirgi jamoani farqi nimada? "Bunyodkor" kuchliroq bo'ldi deya olasizmi? Javob ha bo'lsa, unda aynan qaysi jihat bo'yicha?

- Jamoa kuchaydi, deya olaman. Jamoa o'zgardi. O'yin uslubi, sxema o'zgardi. Biroq, bizga barqarorlik etishmayapti. Ikki o'yindan beri shu kabi holat qayd etilmoqda. Jamoaning funkcional holati juda yaxshi. Mashg'ulotlar ham ajoyib o'tmoqda. Psixologik holatimiz yomon emas, shunchaki noto'g'ri. SHunchaki, noto'g'ri.

- O'tgan turda jamoangiz ofsayddan gol urdi. Buni butun futbol hamjamiyati muhokama qildi. Jamoa ichida bu vaziftni muhokama qildingizmi? 

- Biz bu tarzda fikrlamaymiz. U vaziyatda hujumchimiz himoyaga qaytishda sust harakat qilgandi. Bu o'yinda bu kabi holat bo'lmadi. O'tish fazasida biror marta ofsayd qayd etmadik. O'sha vaziyat bizga faqatgina shu uchun kerak bo'ldi. Adolatli yoki adolatsiz – bunisi hakamlarga havola.

- Marchichning maydondagi poziciyasi murabbiyning o'yin uslubiga mos ravishda o'zgarib boryapti, desak bo'ladimi? Sababi, Marchich tayanch yarim himoyachisi hisoblanadi.

- Uning poziciyasi o'zgarmayapti. Marchichning o'yindagi funksional vazifasi o'yin davomida o'zgarayotgan bo'lishi mumkin, ammo poziciyasi o'zgarmayapti. Funksional vazifasi o'yin davomida o'zgarishi mumkin.

- O'zbekiston chempionatiga kelayotganda, biror marta bo'lsa ham bu kabi ko'p mag'lubiyatlar qayd etiladi, deb o'ylaganmidingiz? Sizga jamoada o'z o'yiningizni to'liq qurishingiz uchun qancha oy muddat kerak bo'ladi?

- Yana qaytaraman, biz bu yo'sinda fikrlamaymiz. Mag'lub bo'lsamchi, deya hech qachon o'ylamaymiz. Birorta murabbiy bunday fikrlamaydi. Qancha vaqt kerak? Jamoa bir oyda qurilmaydi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin: "Jamoa bir oyda qurilmaydi"