00:20 / 29.08.2023
1 058

O‘zbek bokschidan nokautga uchragan qozoq jangchisi boksdan chetlatildi

O‘zbek bokschidan nokautga uchragan qozoq jangchisi boksdan chetlatildi

Polshaning Vrotslav shahridagi professional boks kechasida o‘zbekiston Lazizbek Mullajonov (4-0, 4 KO) va qozog‘istonlik Nursulton Amanjolov  (5-1, 4 KO) o‘rtasidagi jang atrofida yuzaga kelgan vaziyatga oid gap-so‘zlar hali tingani yo‘q.

Ma’lumki, ikki engilmas professionalning o‘zaro to‘qnashuvida Lazizbek raqibini birinchi raundning o‘zidayoq texnik nokautga uchratgandi.


O‘zbek bokschisining og‘ir, qaqshatqich va zalvorli zarbalariga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmagan raqib, himoyalana olmay qoldi. Buni ko‘rgan hakam  uning salomatligiga ziyon etmasligini ta’minlash maqsadida jangni to‘xtatdi. Nursulton bundan norozi bo‘lib, hakamga tashlandi va uni bir necha bor turtkiladi.

Bu holatga xalqaro ekspertlar, jurnalistlar, murabbiylar o‘z munosabatini bildirishda davom etmoqda.

Xususan, Qozog‘iston Respublikasi professional boks federatsiyasi bosh kotibi Bolat Mankenov ham  shov-shuvli jang haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, Amanjolovning xatolarini aytdi va  o‘zbek bokschisining g‘alabasini tan oldi.

- Menga Nursulton bu jangga tayyorgarliksiz va ishtiyoqsiz chiqqandek tuyuldi. Bizning davrimizda murabbiylarimiz bunday holatda “sen xokkey darvozaboni rolini o‘ynading, ya’ni shaybalarni o‘tkazib yubording”, deyishardi.

Amanjolov zarbalardan va zarbalar zonasidan qochishi mumkin edi. Juda ko‘p zarba o‘tkazib yuborgani uning eng katta xatosi bo‘ldi.

Bu nima bilan bog‘liq ekanini bilmayman, chunki Nursulton boks mahoratini juda yaxshi o‘zlashtirgan edi.

O‘zbekistonlik bokschi juda yaxshi hujumlar seriyasini uyushtirdi, bunga qarshi hech qanday javob va himoya kombinatsiyalariga duch kelgani yo‘q. Bu tasodif emas, balki qozoq bokschisining qo‘pol  taktik va texnik xatosi edi, - dedi Bolat Mankenov.

Qaqshatqich mag‘lubiyat Nursulton Amanjolovning xalqaro reytingiga salbiy ta’sir qildi. Lazizbek Mullajonovga qarshi bahs oldidan qozoq bokschisi jahon reytingida 310-qatorda turgan edi.

Birinchi raunddagi texnik nokautdan keyin Amanjolov birdaniga 15 pog‘ona pastlab, reytingning 325-qatoriga tushib qoldi.


Bu bilan Nursulton Amanjolov uchun noxush xabarlar oqimi to‘xtatagani yo‘q.

Ma’lumotlarga qaraganda, Nursulton janglar va sparringlardan chetlatilgani haqida Boxrec.com sayti xabar tarqatdi.

Uning diskvalifikatsiyasi 23 sentyabrga qadar davom etadi. Chetlatish tibbiyot nuqtai nazaridan qabul qilingan. Unga ko‘ra, bokschi Lazizbek Mullajonovning og‘ir zarbalaridan keyin salomatligini tezroq tiklab olishi kerak. Diskvalifikatsiya Amanjolovga bu borada yordam sifatida qabul qilindi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek bokschidan nokautga uchragan qozoq jangchisi boksdan chetlatildi