date
views 153

 Erling Xoland Angliyada "Yil futbolchisi" deb tan olindi

 Erling Xoland Angliyada "Yil futbolchisi" deb tan olindi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-Ligasi professional futbolchilar assotsiatsiya talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Norvegiyalik o‘tgan mavsumda APLda bir mavsum davomida gol urish bo‘yicha rekordni yangiladi. Erling musobaqaning 35 o‘yinida 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga u "shaharliklar" bilan Angliya chempioni, Kubogi g‘olibi va Chempionlar Ligasida zafar quchdi.

Forvard so‘rovnomada jamoadoshlari Kevin De Bryuyne va Jona Stounz, hamda "Arsenal" futbolchilari Martin Edegor va Bukayo Saka hamda "Tottenxem" sobiq sardori Xarri Keynni ortda qoldirdi.

Xoland Rud van Nistelroydan keyin ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi chet ellik futbolchi hisoblanadi. Gollandiyalik 2001/02-yilgi mavsumda ushbu nomga loyiq ko‘rilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport »  Erling Xoland Angliyada "Yil futbolchisi" deb tan olindi