06:09 / 02.09.2023
142

A Seriya. "Roma" o‘z maydonida "Milan"ga mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. "Roma" o‘z maydonida "Milan"ga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 3-turida “Milan” 1 sentyabr, juma kuni “Roma”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Olive Jiru penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Rafael Leau milanliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada Fikayo Tomori qizil kartochka oldi va qolgan daqiqalarda “Milan” bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Uchrashuv so‘ngida esa Spinatssola hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa o‘yinda 2:1 hisobida “rossoneri” foydasiga hal bo‘ldi va jamoa ochkolari sonini 9 taga yetkazib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Roma” esa 1 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.


A Seriya

3-tur bahsi

1 sentyabr, juma

“Roma” – “Milan” 1:2

Gollar: 0:1 – 9 Jiru (penalti), 0:2 – 48 Rafael Leau, 1:2 — 90+3 Spinatssola.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Chelik (Spinassola, 70), Smolling, Lorente, Manchini (Pagano, 79), Zalevski, Paredes (Bove, 70), Kristante, Auar (Pellegrini, 31), ash-Shaaravi (Lukaku, 71), Belotti.

“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav, Ernandes, Krunich, Loftus-Chik (Kalulu, 65), Pulishich (Chukvueze, 77), Reynders, Rafael Leau (Okafor, 77), Jiru (Pobega, 70).

Ogohlantirishlar: Tomori (19), Loftus-Chik (34), Paredes (70), Lukaku (85), Okafor (90+7).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. "Roma" o‘z maydonida "Milan"ga mag‘lub bo‘ldi