00:25 / 03.09.2023
232

Xolanddan yana yangi rekord

Xolanddan yana yangi rekord

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasida yana bir tarixiy natija qayd etdi.

To‘rtinchi turda Xosep Gvardiola shogirdlari “Fulxem” ustidan 5:1 hisobida zafar quchdi. Norvegiyalik forvard raqib darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi.

Bu xet-trikdan keyin Xoland Angliya Premer-ligasidagi samarali harakatlari bo‘yicha gol+pas tizimida 51 ochko to‘pladi. U Manchesterga kelganidan beri ligada 42 ta gol va 9 ta assist qayd etdi.  Buning uchun Erlingga 39 ta uchrashuv kifoya qildi.

Bu yangi rekord. Avvalgi eng yaxshi natija Endi Koulga tegishli edi. “Manchester Yunayted”da porlagan yulduz 50 ochko jamg‘arish uchun 43 ta uchrashuv o‘tkazgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xolanddan yana yangi rekord