21:08 / 09.09.2023
271

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Gongkong darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Gongkong darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi2-turi doirasida Gongkong - O‘zbekiston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz o‘ta yirik 10:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimiz safida gollarni Norchayev (xet-trik), Fayzullayev, Odilov (penalti), Rahmonaliyev (penalti), Man Yip Cheuk (avtogol) va Hoshimov (xet-trik) mualliflik qildi.

Shu tariqa, olimpiyachilarimiz bu turdagi ajoyib g‘alaba evaziga turnir jadvalida yana 1-o‘ringa chiqib oldi. Navbatdagi 3-tur o‘yini 12 sentyabr kuni 19:00 da Eron termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

U-23 Osiyo Kubogi saralashi

2-tur

Gonkong – O‘zbekiston 0:10

Gollar: 0:1 — 6, Husayn Norchayev, 0:2 — 25, Abbos Fayzullayev, 0:3 — 28, Alisher Odilov, 0:4 — 57, Umarali Rahmonaliyev, 0:5 — 59, Husayn Norchayev, 0:6 — 68, Husayn Norchayev, 0:7 — 74, Yip Cheuk (avtogol), 0:8 — 83, Ulug‘bek Hoshimov, 0:9 — 88, Ulug‘bek Hoshimov, 0:10 — 90+4, Ulug‘bek Hoshimov.

Gonkong: 1.Ng Vai, 3.Li Lok (13.Prabhat Gurung, 64), 4.Leung Yau, 5.Chang Yun, 6.Yip Cheuk, 7.Lau Kvan, 8.Cheng Chun, 9.Lau Ka, 12.Lam Lok (16.Chun Ngo, 64), 14.Yu Jesse (15.Lai Xo, 72), 23. Korani Krisna (2.Lav Cheuk, 80).

Zaxira: 18.Maykl Van, 19.Pong Cheuk, 10.Ichikava Sohgo, 11.Vong Ho, 17.Yim Kai, 21.Ho Lung, 22.Tsang Ellison .

O‘zbekiston: 1.Abduvohid Ne’matov (s), 3.Abduqodir Husanov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 8.Ibrohim Ibragimov (10.Jasur Jaloliddinov, 46), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (20.Ruslan Jiyanov, 46), 14.Abbosbek Fayzullayev (7.Hojimat Erkinov, 71), 15.Umarali Rahmonaliyev, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev (9.Ulug‘bek Hoshimov, 71), 22.Alisher Odilov.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 21.Hamidullo Abdunabiyev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odil Abdumajidov, 13.Mahmud Mahamadjonov, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Diyor Xolmatov, 23.Abdurauf Bo‘riyev.

Ogohlantirish: Yip Cheuk (42)


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Gongkong darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi