18:55 / 10.09.2023
319

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi

Xabaringiz bor, 23 sentyabr - 8 oktyabr kunlari Xitoyning Hanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.

Musobaqa dasturidan boks bo‘yicha bellashuvlar ham o‘rin olgan. Mazkur o‘yinlar Parij Olimpiadasiga litsenziya berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasida rahbariyat, terma jamoalar bosh murabbiylari va murabbiylar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda Hanchjoudagi musobaqada qatnashadigan bokschilarimiz nomi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, boks bo‘yicha terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-80 kg: To‘rabek Xabibullayev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov

Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Katta murabbiylar: Steyners Tissert Xuan Enrike, Rahmatjon Ro‘zioxunov
Murabbiylar: Li Echeveriya Xulio, Farrux Qilichev, Morales Montero Xesus Alberto, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Ziyatdinbek Toygonboyev, Yergali Yarashov.

Shifokor: Komiljon Rasulov.


Ayollar:

-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Timur Axbayev, Anna Sidorova, Islom Tojiboyev.

Menejer: Zohidxo‘ja Adhamxo‘jayev


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi