14:15 / 19.09.2023
214

Ro‘ziqul Berdiyev: "Iordaniyalik muxlislar "Al Faysali"ning asosiy kuchi ekan"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Iordaniyalik muxlislar "Al Faysali"ning asosiy kuchi ekan"

Osiyo Chempionlar Ligasi "B" guruhi 1-turidan o‘rin olgan "Al Faysali" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun g‘alabani ko‘zlab maydonga tushgandik, bunga erishdik. Albatta, oson bo‘lmadi. Ikkinchi taymning 20 daqiqasini yomon o‘tkazdik.

Mezbonlar muxlislarini tushunib turibman. Ular o‘z sevimlilari yutishini xohlashadi. Lekin alohida ta’kidlash kerak, "Al Faysali" muxlislari jamoani astoydil qo‘llab-quvvatlab, katta kuch berishdi. Ular jamoaning asosiy kuchi ekan.

Boshida aytganimdek, biz faqat g‘alaba uchun o‘ynadik. "Al Faysali" durang uchun harakat qildi, deya olmayman. Biz g‘alaba uchun oxirigacha kurashdik va maqsadimizga yetdik. Zaxiradan tushganlar o‘yinga yaxshi kirishib ketishdi. Bu almashtirishlar o‘yinimizni kuchaytirdi.

Jamoaimiz keyingi bosqichga chiqishga qodir. Yigitlarimiz OCHLda va ko‘plab muxlislar oldida o‘ynash tajribasiga ega. Shuning uchun birinchi bo‘limda deyarli hayajon sezilgani yo‘q", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

"Nasaf" Iordaniya klubini 1:0 hisobida mag‘lub etib, guruh yetakchisi bo‘lib oldi. "Ajdarlar"ning keyingi uchrashuvi Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi kechadi. Bahs 2 oktyabr kuni Qarshida bo‘lib o‘tadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Iordaniyalik muxlislar "Al Faysali"ning asosiy kuchi ekan"