“Al Ittihod” — OKMK (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“Al Ittihod” jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz. Kuchli jamoaga mag‘lub bo‘ldik. O‘yinning boshidagi ikkita gol o‘yin taqdirini hal qildi. Kecha “Al Ittihod”ga qarshi ochiq futbol namoyish etish xato ekanligini ta’kidlagandim. Uchrashuv boshida o‘zimizning xato bilan ikkita gol o‘tkazib yubordik. Bu bahs natijasiga ta’sir qildi. Hayot davom etadi, hozir bir nima deb aytib bo‘lmaydi. Bugungi xatolarni qaysidir bir futbolchining bo‘yniga qo‘yish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Birinchi bo‘limda “Al Ittihod” uchta gol urdi. Ikkinchi bo‘limda esa raqib sizlarni o‘yinga qaytishingizni kutgandi, biroq bu amalga oshmadi...
- Raqib jamoasi bunga yo‘l qo‘ymadi. Bugun barchamiz yutqizdik, kuchli jamoaga mag‘lub bo‘ldik. Bunday jamoalarga qarshi bahsda oddiy xatolar ham golga aylanishi mumkinligini “Al Ittihod” ko‘rsatib berdi. Gol bo‘lgunga qadar, raqibda gol urish uchun imkoniyat yo‘q edi. Ketma-ket gollar ruhan ta’sir ko‘rsatdi. Kecha aytganimdek, “Al Ittihod” himoyadan hujumga chiqishda juda tez harakat qildi va o‘z imkoniyatlaridan foydalandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!