“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqich birinchi turida “Antverpen” jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu polshalik to‘purar uchun Yevrokuboklardagi 100-gol bo‘ldi. Levandovski gollaridan 92 tasini Chempionlar ligasida va 8 tasini Yevropa Ligasi doirasidagi o‘yinlarda kiritgan.
Bu natijaga erishish uchun Levandovskiga 139 ta uchrashuv kifoya qildi.
Robert Yevropa maydonlarida “Lex” tarkibida 16 ta o‘yinda oltita gol urgan. “Borussiya Dortmund”da 36 ta bahsda 18 ta, “Bavariya”da 79 ta bellashuvda 69 ta va “Barselona”da sakkizta uchrashuvda yettita to‘p kiritgan.
Levandovski Yevrokuboklardagi gollari sonini 100 ta yetkazgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha bu ishni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu uddalagan. Yevropa futbolini tark etgan bu yulduzlardan Messi 129 ta, Ronaldu 145 ta gol muallifi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!