date
views 629

Neymar Saudiyadan ketmoqchi. Boradigan joyi ham ma’lum

Neymar Saudiyadan ketmoqchi. Boradigan joyi ham ma’lum

“Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tgan Neymar Saudiya Arabistonini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es sayti xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, braziliyalik yulduz 2026 yilgi jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Santos”ga ko‘chib o‘tmoqchi.

Ommaviy azblrot vositalarida 31 yoshli futbolchi saudiyaliklar bilan to‘rt yillik shartnoma tuzgani haqida ma’lumot tarqatilgan edi. Biroq futbolchining atrofidagilari buni inkor etib, tomonlar faqat bir yil hamkorlik qilishga kelishganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Neymakr “Santos” jamoasi rahbariyatiga shaxsan murojaat qilib, jahon chempionatiga bir yil qolganida uni jamoaga qo‘shib olishni so‘ragan.

Yaqinda braziliyalik yulduz Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turida Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazib, uchrashuv davomida “xurmacha qiliqlari” bilan esda qolgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar Saudiyadan ketmoqchi. Boradigan joyi ham ma’lum