Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan boks bahslari ham start oldi. Xabar berib o‘tganimizdek, bugun 2 nafar vakilimiz ilk janglarini o‘tkazadi.
Ularning dastlabkisi -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Zokirova tailandlik Bayson Manikonga qarshi ringga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan bahsda afsuski yurtdoshimiz 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bu qizlar terma jamoasidagi 2-yo‘qotishimiz bo‘ldi. Kecha, Navbahor Hamidova ham tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar