date
views 203

"Xanchjou-2022": Abdumalik Xalakovdan super jang va ishonchli g‘alaba!

"Xanchjou-2022": Abdumalik Xalakovdan super jang va ishonchli g‘alaba!

Osiyo o‘yinlarida -57 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan, ta’bir joiz bo‘lsa, turnirning g‘olibligiga asosiy da’vogar vakilimiz Abdumalik Halakov ham musobaqada o‘z yurishini boshladi.

Yurtdoshimiz Xitoy Taypeyi vakili Cheng Vei Liga qarshi ringga ko‘tarildi. Albatta, ushbu jangda yaqqol favorit sanalgan Xalakov o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlagan holda, katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Yakuniy hisob 5:0 ko‘rinish oldi.

Hamyurtimiz keyingi bosqichda Vetnam vakili Van Nguyenga qarshi bahs yuritadi. Shu tariqa bugungi kungi dasturdan o‘rin olgan bokschilarimizning chiqishi o‘z yakuniga yetdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Xanchjou-2022": Abdumalik Xalakovdan super jang va ishonchli g‘alaba!