Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Milan" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 1:3 hisobida zafar quchdi.
Milanliklar safida gollarni Okafor, Tomori va Loftus-Chik kiritdi. Maydon egalarining yagona goli Luvumbo nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Milan" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 15 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. "Kalyari" 2 ochko to‘plagan holda so‘nggi 20-o‘rinni band etgan.
Kalyari – Milan 1:3
Gollar: 1:0 – 29 Luvumbu, 1:1 – 40 Okafor, 1:2 – 45 Tomori, 1:3 – 60 Loftus-Chik.
Kalyari – Radunovich, Dzappa (Di Pardo, 81), Veteska (Oristanio, 46), Xatsidyakos, Dossena, Audjello, Nandes, Makumbu (Deyola, 84), Sulemana (Viola, 67), Luvumbu, Petanya (Shomurodov, 67).
Milan – Sportello, Florensi, Tomori, Tiav, Ernandes (Bartezagi, 84), Loftus-Chik, Adli (Pobega, 58), Reynders (Musa, 59), Pulishich (Romero, 69), Chukvueze (Rafael Leau, 69), Okafor.
Ogohlantirish: Veteska (42), Loftus-Chik (48), Dzappa (53), Oristanio (78).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!