date
views 520

Osiyo o‘yinlari. Saudiya Arabistonining chorak finaldagi raqibi - O‘zbekiston!

Osiyo o‘yinlari. Saudiya Arabistonining chorak finaldagi raqibi - O‘zbekiston!

Osiyo o‘yinlari nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Hindiston - Saudiya Arabistoni o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. Unda saudiyaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Gollarning ikkalasiga ham Muhammad Maran mualliflik qildi. U 51 va 57-daqiqalarda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda ular hamyurtlarimiz O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv 1 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o‘yinlari. Saudiya Arabistonining chorak finaldagi raqibi - O‘zbekiston!